Henderson sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
Henderson APLga qaytishga tayyor
Photo: Getty Images
"Ayaks" yarim himoyachisi Jordan Henderson Angliyaga qaytishi mumkin.
De Telegraaf xabariga ko'ra, 34 yoshli futbolchi Niderlandiya klubida katta maosh oladi. Shu sababli "Ayaks" rahbariyati Jordanga taklif bo‘lsa, qo‘yib yuborishga tayyor.
Unga "Sanderlend" klubi qiziqmoqda. Henderson aynan shu klubdagi o‘yinlari orqali "Liverpul"ga o‘tgan.
Shuningdek, Shotlandiya klubiga ham o‘tishi mumkin. Agar Stiven Jerrard "Reynjers" bosh murabbiyiga aylanishi kerak.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist