locale OZ

Henderson \"Ayaks\"ni tark etadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Henderson "Ayaks"ni tark etadi
Photo: Getty Images

Niderlandiyaning “Ayaks” klubi yarim himoyachisi Jordan Henderson jamoani tark etadigan bo‘ldi.

Futbolchi klub bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi. Natijada u amsterdamliklarni erkin agent sifatida tark etadi.

Futbolchiga Angliya Premer-ligasining bir nechta jamoalaridan takliflar bor. Xususan, “Sanderlend" sobiq futbolchisini ortga qaytarishni istamoqda.

Henderson 2024 yilning yanvaridan beri “Ayaks" safida to‘p surib kelmoqda. O‘tgan mavsum jamoa bilan Niderlandiya chempionatida 2-o‘rinni egalladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting