locale OZ

Hau «MYu»ni boshqarish uchun asosiy da’vogar

“Qizil iblislar” Premer-liganing dastlabki to‘rt turida bor-yo‘g‘i 4 ochko to‘pladi.
Hau «MYu»ni boshqarish uchun asosiy da’vogar
ФОТО: Getty images

“Manchester Yunayted” qoniqarsiz natijalar fonida bosh murabbiy Maykl Kerrik bilan xayrlashishi mumkin.

Topskils Sports UK xabar berishicha, agar iste’fo ro‘y beradigan bo‘lsa, uning o‘rniga Eddi Hau taklif qilinishi mumkin. “Nyukasl”ning sobiq ustozi Kerrikning o‘rnini egallash uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Mutaxassis kelajakda “MYu”ni boshqarishga qarshi emasligini ham bildirgan.

Ma’lumot uchun, “qizil iblislar” Premer-liganing dastlabki to‘rt turida bor-yo‘g‘i 4 ochko to‘pladi. Shuningdek, Angliya Liga kubogida o‘z maydonida “Brayton”ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting