locale OZ

Hato «Ayaks»ning eng qimmat 10 ta transferidan biriga aylandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hato «Ayaks»ning eng qimmat 10 ta transferidan biriga aylandi
Photo: Getty Images

“Chelsi” klubi Niderlandiyaning “Ayaks” jamoasidan himoyachi Yorrel Hatoni sotib olganini rasmiy tarzda e’lon qildi.

19 yoshli futbolchi ingliz klubi bilan 2032 yil yozigacha amal qiladigan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Londonliklar futbolchini 44 million yevro evaziga xarid qilgan.

Ruyxatning birinchi pog'onasidan “Manchester Yunayted”ning braziliyalik futbolchisi Antoni joy oldi. Amsterdam klubi uni 2022 yilning yozida “qizil iblislar”ga 95 million yevro evaziga transfer qilgan edi. Ikkinchi pog'onani Frenki de Yong egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka Matteys de Ligt yakun yasadi.

“Ayaks” tarixidagi eng qimmat 10 ta transfer:

Antoni — “Manchester Yunayted”ga – 95 mln yevro;

Frenki de Yong — “Barselona”ga – 86 mln yevro;

Matteys de Ligt — “Yuventus”ga – 85,5 mln yevro;

Lisandro Martines — “Manchester Yunayted”ga – 57,4 mln yevro;

Yorrel Hato — “Chelsi”ga – 44,2 mln yevro;

Muhammad Quddus — “Vest Hem”ga – 43 mln yevro;

Davinson Sanches — “Tottenhem”ga – 42 mln yevro;

Yurrien Timber — “Arsenal”ga – 40 mln yevro;

Hakim Ziyesh — “Chelsi”ga – 40 mln yevro;

Donni van de Bek — “Manchester Yunayted”ga – 39 mln yevro.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting