locale OZ

Hasselbaynk: «Delap ko‘proq o‘ynashi uchun ijaraga ketishi kerak»

"Chelsi" sobiq futbolchisi Liam haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hasselbaynk: «Delap ko‘proq o‘ynashi uchun ijaraga ketishi kerak»
ФОТО: Getty images

"Chelsi"ning sobiq hujumchisi Jimmy Floyd Hasselbaynkning fikricha, yosh forvard Liam Delap muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun klubni vaqtincha tark etishi lozim.

«Delapga o‘yin amaliyoti juda zarur. U "Chelsi"dagi o‘tgan mavsumga o‘xshash yana bir yilni o‘tkazmasligi kerak. Agar buning uchun ijara asosida boshqa jamoaga o‘tishi talab etilsa, albatta shunday qilishi lozim. Chunki Liam zaxira o‘rindiqda o‘tirish uchun hali juda yosh.

Menimcha, u Premer-liganing kuchli to‘rtligiga kiradigan klubda asosiy hujumchi bo‘lish salohiyatiga ega. Ammo buning uchun unga eng avvalo muntazam o‘yin amaliyoti kerak», — dedi Hasselbaynk The State of Play podkastida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting