locale OZ

Harri Keyn klub miqyosidagi 400-golini urdi

U Germaniya chempionati to‘purarlari poygasida yetakchilik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Harri Keyn klub miqyosidagi 400-golini urdi
ФОТО: Getty images

"Bavariya" hujumchisi Harri Keyn Bundesliganing 7-turidan o‘rin olgan "Borussiya"ga (2:1) qarshi bahsda gol urdi.

32 yoshli angliyalik 22-daqiqada gol muallifiga aylandi.

Natiajada Keyn barcha turnirlarda, jumladan Angliya terma jamoasi o‘yinlarida ketma-ket to‘qqizinchi uchrashuvda gol urdi. Bu uning klub miqyosidagi 400-goli bo‘ldi: u "Tottenhem", "Leyton Orient", "Milluoll", "Norvich" va "Lester"da ham o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, Harri Keyn Germaniya chempionati to‘purarlari poygasida yetakchilik qilmoqda – u 12 ta gol urgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting