locale OZ

Hansi Flik joriy mavsumda “Real” ustidan qozonilgan to'rtta g'alaba haqida fikr bildirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hansi Flik joriy mavsumda “Real” ustidan qozonilgan to'rtta g'alaba haqida fikr bildirdi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoasining joriy mavsumda “Real Madrid” ustidan qozonilgan to'rtta g'alabasi haqida fikr bildirdi.

“Muxlislar va klub uchun bunday g'alabalar qo'lga kiritganimizdan xursandman. Bu ajoyib bo'ldi. Men bundan faxrlanaman.

Men xursandman, chunki bu muxlislar uchun muhimligini bilaman. Yo'q, men kitob yozmayman. Men allaqachon bittasini yozganman va bu men uchun yetarli.

Butun kuchim “Barsa”ga qaratilgan, men klubda ishlashdan zavqlanaman. Men o'z e'tiborimni jamoamga qaratganman va boshqalar haqida o'ylamayman”, - deydi Flik.

Ma'lumot uchun, “Barselona” ayni dam La Liga turnir jadvalida 82 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Real Madrid” esa 75 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting