Hansi Flik «Jirona»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Barselona» futbolchilari bilan yopiq muloqot o‘tkazdi
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liganing 24-turida «Jirona»dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng, mashg‘ulot maydonida jamoa a’zolari bilan bir soatlik uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Ushbu suhbat davomida nemis mutaxassisi yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilib, o‘z o‘yin uslubidan voz kechmasligini qat’iy ta’kidladi. Flikning fikricha, jamoaning asosiy muammosi taktikada emas, balki intensivlikning (shiddatning) pasayib ketganida. Murabbiy o‘yin uslubini o‘zgartirishdan ko‘ra, avvalgi yuqori tempni tiklashni ustuvor vazifa deb bilmoqda.
Flik futbolchilarga quyidagi jihatlarni uqtirdi:
- Agar maydonda to‘g‘ri joylashuv va yuqori pressing samarali amalga oshirilsa, raqiblar «Atletiko»ga o‘xshab ko‘p vaziyat yarata olmaydi.
- Murabbiy jamoaning intizomi va jismoniy holatini qayta tiklashni talab qildi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» ushbu mag‘lubiyatdan avval Ispaniya Kubogi yarimfinalining dastlabki bahsida Madridning «Atletiko» jamoasiga yirik 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.