locale OZ

Hansi Flik «Barselona» yarimhimoyachisini mashgʻulotlardan chetlatdi

Ushbu futbolchi faoliyatini «PSJ»da davom ettirishga yaqin turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hansi Flik «Barselona» yarimhimoyachisini mashgʻulotlardan chetlatdi
FOTO: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik yarimhimoyachi Pedro Fernandesga asosiy jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazishni taqiqladi. Bu haqda The Touchline xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» sardorlari ushbu masala yuzasidan Flik bilan suhbatlashgan. Natijada 18 yoshli futbolchi endi «Barselona» mashg‘ulot markazida faqat individual tarzda shug‘ullanishi mumkin.

Avvalroq Pedro Fernandesga Fransiyaning «PSJ» klubi qiziqish bildirayotgani, transfer bilan esa parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike shaxsan shug‘ullanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, «PSJ» Fernandesni yaqin vaqt ichida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda va buning uchun shartnomadagi 6 million yevrolik sotib olish bandini faollashtirishga tayyor.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting