Hansi Flik «Atletiko»ga qarshi oʻyin oldidan maydon holatidan shikoyat qildi
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi Madridning «Atletiko» klubiga qarshi javob uchrashuvi oldidan Riyad Eyr Metropolitano stadionidagi maydon holatidan shikoyat qildi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Kataloniyaliklar ustozi «Atletiko»ning uy arenasidagi o‘tning balandligidan xavotirda ekanini bildirdi. Mutaxassis o‘yin oldidan o‘tkazilgan mashg‘ulotda ishtirok etgan UEFA delegatlariga bu boradagi e’tirozlarini shaxsan yetkazgan.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda «matraschilar» 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan edi.
Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi «PSJ» hisoblanadi. O‘tgan mavsum finalida Parij klubi Milanining «Inter» jamoasini yirik — 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi.