locale OZ

Hakimiy: «Durang o‘ynadik, lekin o‘z o‘yinimizdan qoniqdik»

Marokash turnirni durang bilan boshladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hakimiy: «Durang o‘ynadik, lekin o‘z o‘yinimizdan qoniqdik»
ФОТО: Getty images

Marokash terma jamoasining qanot himoyachisi Ashraf Hakimiy Braziliyaga qarshi JCh-2026 uchrashuvi (1:1) haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Oson bo‘lmadi. Ular — turnirning asosiy favoritlaridan biri. Biz durang o‘ynadik, lekin o‘z o‘yinimizdan qoniqdik. Bizga hali ham har bir o‘yinda kuchayib borish kerak va biz hozir aynan shunga e’tibor qaratayapmiz. Biz oldinga intilishimiz kerak. Ijobiy jihatlarni saqlab qolib, xatolardan saboq olishimiz kerak», — dedi Hakimiy. Uning so‘zlarini FIFA sayti keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, keyingi o‘yinda Braziliya 20 iyun kuni Gaiti bilan o‘ynaydi, Marokash esa o‘sha kuni Shotlandiyaga qarshi bahs olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting