Hakimi: «Hozir biz o'zimizga koʻproq ishonamiz va amaldagi Chempionlar Ligasi gʻolibi sifatida harakat qilyapmiz»
«Pari Sen-Jermen» himoyachisi Ashraf Hakimi UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasidagi «Liverpul»ga qarshi javob uchrashuvi oldidan jamoaning hozirgi holati va o‘tgan mavsumdagi farqi haqida to‘xtalib o‘tdi.
«O‘tgan mavsum va joriy mavsum o‘rtasidagi asosiy farqlardan biri shundaki, hozir biz o‘zimizga ko‘proq ishonamiz va amaldagi Chempionlar Ligasi g‘olibi sifatida harakat qilyapmiz. Aynan mana shu omil qiyin o‘yinlar oldidan bizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlamoqda. Biz kim ekanligimizni va nimalarga erishganimizni yaxshi tushunib turibmiz», — deya Hakimining so‘zlarini keltirmoqda Liverpool Echo.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning 1/8 final bosqichida parijliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Chelsi»ni 8:2 hisobida taslim etishgan edi. «Qizillar» esa xuddi shu bosqichda «Galatasaroy»dan ustun kelishgan (umumiy hisob — 4:1).