Hakim Fuzaylov «Qirgizaltin» klubi bosh murabbiyiga aylandi
Fuzaylovning so‘nggi ish joyi O‘zbekistonning “Xorazm” klubi bo‘lgan.
Фото: Хоразм ПФК
Tojikiston terma jamoasining sobiq murabbiyi Hakim Fuzaylov Qarabolta klubini boshqaradi.
Mutaxassis futbolchilik va murabbiylik faoliyatida katta tajribaga ega. U O‘zbekiston, Rossiya va Tojikistonning bir qator klublarida ishlagan, qirg‘izistonlik muxlislarga esa 2020 yilda O‘shning “Kaganat” jamoasidagi faoliyati orqali tanish.
Fuzaylovning so‘nggi ish joyi O‘zbekistonning “Xorazm” klubi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, “Qirgizaltin” 11 turdan so‘ng bor-yo‘g‘i 2 ochko bilan turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist