locale OZ

Hakamlar markazi mutaxassislari Superliga 5-tur oʻyinlarini tahlil qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hakamlar markazi mutaxassislari Superliga 5-tur oʻyinlarini tahlil qildi
Photo: gettyimages

Oʻzbekiston Superligasi 5-tur uchrashuvlariga bagʻishlab, Hakamlar markazi mutaxassislari, bosh hakam, yordamchi hakam, VAR hakami hamda instruktorlar ishtirokida Zoom platformasi orqali tahlil yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tahlil davomida Maʼmur Saidkasimov, Farhod Abdullayev, Vladislav Seytlin, Valentin Kovalenko, Jahongir Saidov va Bobur Haydarov hakamlar tomonidan chiqarilgan ijobiy hamda bahsli qarorlarni tahlil qildi.

Quyida Superliga 5-turi doirasidagi vaziyatlar alohida koʻrib chiqildi:

“Navbahor” — “Shoʻrtan” uchrashuvida Zabihullo Oʻrinboyevning qoʻliga toʻp tegishi bilan bogʻliq vaziyat bosh hakam tomonidan FIFA qoidalari asosida toʻgʻri talqin etilgan.

“Xorazm” — OKMK uchrashuvida Islom Toʻxtaxoʻjayevga koʻrsatilgan qizil kartochka VAR aralashuvi bilan FIFA qoidalariga muvofiq tarzda sariq kartochkaga almashtirilib, yakuniy qaror toʻgʻri chiqarilgan.

“Qoʻqon-1912” — “Buxoro” oʻyinida qoʻpol tarzda harakat qilgan futbolchiga qizil kartochka berilishi boʻyicha bosh hakam notoʻgʻri talqin olib borib, faqatgina sariq kartochka bilan cheklangan. Ammo bu vaziyatda Ahrol Risqullayev Baxtiyor Qosimovga qizil kartochka koʻrsatmasdan xatoga yoʻl qoʻygan.

“Navbahor” — “Neftchi” uchrashuvida (Superliga 4-turi) maydon markazidan toʻpni oʻyinga kiritish bilan bogʻliq holatda bosh hakam va qanot hakami tomonidan eʼtiborsizlikka yoʻl qoʻyilgan.

Mazkur epizodlar atroflicha koʻrib chiqilib, hakamlarga tegishli tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting