Hakamlar akademiyasi tinglovchilari respublika chempionatida amaliyot o‘tamoqda
Musobaqa uchrashuvlarida Hakamlar akademiyasining 4-modul tinglovchilari hakamlik amaliyotini olib bormoqda.
photo: UzFHM
Hakamlar akademiyasi tinglovchilari respublika chempionatida amaliyot o‘tamoqda.
2012-yilda tug‘ilgan (U-14) futbolchilar o‘rtasidagi "Sport maktablari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati"ning respublika bosqichi bahslari davom etmoqda.
Musobaqa uchrashuvlarida Hakamlar akademiyasining 4-modul tinglovchilari hakamlik amaliyotini olib bormoqda.
O‘yinlarni FIFA instruktori Valentin Kovalenko, tajribali instruktorlar Aleksandr Popov hamda Baxtiyor Tagayev kuzatib bordi.
Uchrashuvlardan so‘ng hakamlarning qarorlari va o‘yinlarda yuzaga kelgan vaziyatlar mutaxassislar tomonidan batafsil tahlil qilinib, tinglovchilarga tegishli tavsiyalar berildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor