Gyokeresh uchun poygada Arsenal yutib chiqmoqchi
Foto: IMAGO - Viktor Gyokeres, Sporting CP
Londonning “Arsenal” klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Portugaliyaning "Sporting" klubi forvardi Gyokeresh transferini amalga oshirish uchun jiddiy bel bog‘lagan. “Kanonirlar” ushbu transfer uchun “Chelsi” hamda “Manchester Yunayted”ni ortda qoldirish maqsadida Portugal klubiga 135 million yevro taklif qilishga tayyor. Bitim amalga oshiriladigan bo‘lsa, bu “Arsenal” tarixidagi eng qimmat transfer sifatida qayd etiladi.
Eslatib o‘tamiz, bugungacha “londonliklar”ning eng qimmat transferi sifatida Deklan Rays (117 million yevro) va Nikolya Pepe (80 million yevro) qayd etilgan.
Tillaxonov Oqilxon