Gyokeresh: “Arsenal” men uchun ekanligini tushunib yetdim”
Photo: Getty Images
"Arsenal"ning yangi hujumchisi Viktor Gyokeresh nima uchun London klubini tanlaganini ma'lum qildi.
"Arsenal" men uchun ekanligini tushunib yetdim. Jamoa bosh murabbiyi va direktori bilan suhbatdan so‘ng u yerga borishim kerakligini angladim. "Arsenal"ga qarshi o‘ynaganimda ularning qay darajada kuchli ekanligini his qilgandim. Ularga qarshi o‘ynash juda qiyin edi. Aynan shu sabablar "Arsenal"ga o‘tishimga sabab bo‘ldi", — dedi Viktor Gyokeresh.
Eslatib o'tamiz, "Arsenal" Viktor Gyokereshni "Sporting"dan 64 million yevroga sotib oldi.
Bahrom Bobonov
Redaktor