Gyokeresh \"Arsenal\" bilan kelishib oldi
Photo: Getty Images
Viktor Gyokeresh "Arsenal" bilan 2030 yilgacha moʻljallangan shartnoma boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, 27 yoshli shved hujumchisi “Sporting” prezidenti Frederiku Varandashning soʻnggi bayonotlaridan norozi boʻlgan. Soʻng u jamoaga qaytishni va bu klubda oʻynashni istamasligini bildirgan edi.
Yakunlangan mavsumda Gyokeresh lissabonliklar safida barcha turnirlarda 52 oʻyinda 54 ta gol va 13 assist qayd etdi. Transfermarkt portalining maʼlumotiga koʻra, uning bozor bahosi 75 million yevroga teng.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist