locale OZ

Gvardiola Rayan Cherkinining debyuti haqida: “Bu uning og'ir sharoitdagi birinchi o'yini bo'ldi”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola Rayan Cherkinining debyuti haqida: “Bu uning og'ir sharoitdagi birinchi o'yini bo'ldi”
FOTO: Getty Images
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati
18.06.2025, Yak.
Manchester Siti
2
Wydad Casablanca
0

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaga yangi kelib qo'shilgan Rayan Cherkinining birinchi o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Shuningdek, mutaxassis fransiyalik futbolchini Kevin De Bruynening o'rnini bosa oladimi yoki yo'q, shu haqida ham aytib o'tdi.

“Albatta, Kevinni almashtirish qiyin, biz buni uning fazilatlari tufayli bilamiz. Bunga hech qanday shubha yo'q. Lekin shu bilan birga, klub Rayan bilan shartnoma imzolashga qaror qildi, chunki u bu sohada aql bovar qilmaydigan mahoratga, ajoyib to'p uzatish tuyg'usiga ega. Bu uning juda og'ir sharoitdagi birinchi o'yini bo'ldi. Uning bu yerda ekanligidan juda xursandman”, - deydi Gvardiola.

Ma'lumot uchun, Cherki 36,5 million yevro evaziga “Lion”dan “Manchester Siti”ga o'tdi. U o'tgan mavsum 12 ta gol va 20 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o'tamiz, “Manchester Siti” Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichining 1-turida Marokasning “Vidad” klubini 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting