locale OZ

Gvardiola: «Nega Erling raqibga shunchaki tegsa ham, har safar fol aynan uning zimmasiga yozilishini tushunmayman»

«Man Siti» bosh murabbiyi Holand bilan bog‘liq hakamlik haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola: «Nega Erling raqibga shunchaki tegsa ham, har safar fol aynan uning zimmasiga yozilishini tushunmayman»
FOTO: Getty Images

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Erling Holand ishtirokidagi epizodlarda hakamlar qarorlarini tanqid qildi.

«Holand — dunyodagi yagona hujumchi bo‘lsa kerak, unga nisbatan qoidabuzarliklar ko‘proq bo‘lishi kerak paytda, aksincha, u o‘zi ko‘proq qoida buzayotgan deb topiladi. Men bunday holatni hech qachon ko‘rmaganman. Mavsum boshida hakamlar barchasi aksincha bo‘lishini aytishgandi, ammo amalda mutlaqo teskari holatni ko‘ryapmiz. Nega Erling raqibga shunchaki tegsa ham, har safar fol aynan uning zimmasiga yozilishini tushunmayman va tushuna olmayman», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.

Joriy mavsumda Erling Holand barcha turnirlarda 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, norvegiyalik hujumchining bozor qiymati 200 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting