locale OZ

Gvardiola murabbiylik faoliyati davomida faqat bitta klubni «Chelsi»dan koʻra koʻproq magʻlub etgan

Hozirda «Man Siti» APL turnir jadvalida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola murabbiylik faoliyati davomida faqat bitta klubni «Chelsi»dan koʻra koʻproq magʻlub etgan
FOTO: Getty Images

Pep Gvardiola boshqaruvidagi «Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasining 32-turida «Chelsi»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu g‘alaba ispaniyalik mutaxassis uchun murabbiylik faoliyati davomida «ko‘klar» ustidan qozonilgan 18-si bo‘ldi.

Gvardiola o‘z faoliyati davomida faqat bitta jamoani bundan ham ko‘proq marta mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan — bu Londonning «Arsenal» klubidir. Ispaniyalik murabbiy «kanonirlar» ustidan jami 21 marotaba g‘alaba qozongan.

Ta’kidlash joizki, «Manchester Siti» 19 aprel kuni APLning 33-turi doirasida aynan «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi.

Ayni damda «shaharliklar» 64 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi pog‘onani egallab turibdi va bitta zaxira o‘yiniga ega holda «Arsenal»dan (70) olti ochko ortda qolmoqda. «Chelsi» esa 48 ochko bilan oltinchi o‘rinda bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting