Gvardiola “Manchester Siti” bo‘yicha chiqarilgan qarorga munosabat bildirdi
“Manchester Siti”ning sobiq bosh murabbiyi Pep Gvardiola klub Premyer-liga moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilganidan so‘ng jamoani qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Gvardiola “Manchester Siti” rahbariyati, futbolchilari, xodimlari va muxlislarini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidlagan. Ispaniyalik mutaxassis klub bu vaziyatdan birgalikda chiqib ketishiga ishonch bildirgan.
Mustaqil komissiya “Manchester Siti”ni 2009–2018-yillar oralig‘idagi moliyaviy qoidabuzarliklarda aybdor deb topdi. Klub esa qarorni rad etib, apellyatsiya berishini ma’lum qilgan. Hozircha yakuniy jazo turi rasman e’lon qilinmagan.
Ma’lumot uchun, Gvardiola “Manchester Siti”ni 2016–2026-yillarda boshqargan va klub bilan olti marta Angliya chempionligini hamda Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. U 2026-yil yozida jamoani tark etgan.