Gvardiola: «Italiya jamoalarining chidamliligiga qoyil qolganman»
Ispaniyalik mutaxassis "Napoli"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
ФОТО: Getty images
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YeChL 1-turidan o‘rin olgan “Napoli”ga (2:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“To‘g‘ri, biz anchagina vaqtni bir kishi ko‘p bo‘lib o‘tkazdik. Lekin unutmaylikki, Italiya jamoalari himoyada aqlbovar qilmas darajada o‘ynashadi. Chempionlar ligasida ular bilan ko‘p bora to‘qnash kelganman, ularning chidamliligiga qoyil qolganman.
Natifadan juda mamnunman. Og‘ir hafta bo‘ldi. Endi esa yakshanba kuni “Arsenal”ga qarshi ajoyib o‘yin ham kutib turibdi. Bu bahsga yaxshi kayfiyat bilan yondashyapmiz”, — dedi Gvardiola.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist