locale OZ

Gvardiola «Brentford»ga qarshi oʻyin haqida fikr bildirdi

«Man Siti» bugun Angliya lIga Kubogi doirasida maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola «Brentford»ga qarshi oʻyin haqida fikr bildirdi
FOTO: Getty Images
Angliya Liga kubogi
17.12.2025, Yak.
Manchester Siti
2
Brentford
0

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Liga Kubogi chorak finalidagi «Brentford»ga qarshi o‘yin oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz «Brentford» qanchalik kuchli ekanini bilamiz — bu mavsumda bunga yana bir bor amin bo‘ldik. O‘tgan mavsumlarda Liga Kubogining dastlabki bosqichlarida ba’zida «Nyukasl» va «Tottenhem» kabi kuchli jamoalar bilan to‘qnash kelganmiz, ammo o‘yinni juda yaxshi o‘ynaganmiz. Boshqa uchrashuvlarda esa jarohatlar ko‘p bo‘lgan. Jarohatlar bo‘lsa, Premyer-liga yoki boshqa muhim musobaqalarga tayyor bo‘lish kerak. Ammo biz barcha kuchimiz bilan harakat qilamiz», — deydi Gvardiola.

«Manchester Siti» va «Brentford» o‘rtasidagi chorak final uchrashuvi 17 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da Manchester shahridagi «Etihad» stadionida start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting