locale OZ

Gvardiola APL chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi

"Manchester Siti" turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola APL chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi
ФОТО: Getty images

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APL chempionligi uchun kurash haqida fikr bildirdi.

“Mavsum ikki qismdan iborat: yozgi transfer oynasining oxiri va noyabr oyidagi xalqaro tanaffusning oxiri.

Tanaffus tugadi, martgacha har uch-to‘rt kunda o‘ynaymiz. Haqiqiy mavsum endi boshlanmoqda. Asosiy narsa – turnir jadvalida birinchi o‘rinda bo‘lish va keyin chempionlik uchun oxirigacha kurashish.

"Arsenal" kabi jamoa nafaqat bu mavsumda, balki o‘tgan mavsumda ham benuqson o‘yin ko‘rsatmoqda.

O‘tgan mavsumda "Liverpul"ga qarshi o‘ynaganimizda ham xuddi shunday tuyg‘uni his qilgandim. Men ular ko‘p ochko yo‘qotmasliklarini his qilgandim. Agar ular uzoqlashishga muvaffaq bo‘lishsa, ularni qo‘lga olish qiyin bo‘lardi.

Orqada qolgan jamoalar aql bovar qilmaydigan bosim ostida. Lekin hozircha noyabr. Noyabrda hech narsa hal qilinmagan. Fevral yoki martda ehtiyot bo‘lish kerak. Hozir mavsum boshlanmoqda", – dedi Gvardiola.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting