locale OZ

Gvardiola Abduqodir Husanov haqida iliq fikrlar bildirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Gvardiola Abduqodir Husanov haqida iliq fikrlar bildirdi
FOTO: Manchester Evening News

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola hamyurtimiz Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi.

“Husanov maxsus sifatlarga ega ekanligi aniq. U o'ziga xos futbolchi.

U juda tez, har bir o'yinga alohida ishtiyoq bilan yondashadi. Uning yuz ifodalari va tana harakatlaridan buni ko'rish qiyin bo'lsa-da, u o'zining ishtiyoqini maydondagi harakatlarida namoyon etadi. Biz undan juda mamnunmiz", - deydi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, “Manchester Siti” o'zining navbatdagi o'yinini 30-mart kuni Angliya Kubogi doirasida “Bornmut”ga qarshi o'tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting