locale OZ

G‘uzorda futbol mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi

Maysaning holati hamda yordamchi xonalar yangi mavsum o‘yinlarini qabul qilishga to‘liq tayyor ekani ta’kidlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
G‘uzorda futbol mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
Фото: Ғузор тумани ҳокимлиги

Qashqadaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi tomonidan hududlardagi futbol maydonlarining yangi mavsumga shaylik holatini o‘rganish ishlari G‘uzor tumanida amalga oshirildi. O‘rganish davomida asosiy e’tibor maydonlarning maysa qoplami, kiyinish va yechinish xonalari holati hamda muxlislar uchun yaratilgan sharoitlarga qaratildi.

G‘uzor tumanidagi futbol infratuzilmasi o‘rganilganda, mavsumga tayyorgarlik ishlari namunali darajada tashkil etilgani qayd etildi. Ko‘p yillik professional tajribaga ega “Sho‘rtan” futbol klubi bazasi va tuman markaziy stadioni talab darajasida saqlangan. Maysaning holati hamda yordamchi xonalar yangi mavsum o‘yinlarini qabul qilishga to‘liq tayyor ekani ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida viloyat Davlat xavfsizlik xizmati vakili Nasim Jo‘rayev viloyat futbol assotsiatsiyasi rahbari Shuhrat Egamberdiyev, tuman hokimi Bekzod Suyunov, tuman prokurori Rustam Sayfiyev hamda Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘limi boshlig‘i Otabek Shodmonov ishtirokida soha vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda tumanda futbolni yanada rivojlantirish, yosh avlod uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularni sportga keng jalb etish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting