Guliston Toshkentda Oq-tepa ustidan g'alaba qozondi
Birinchi liga 7-turining qoldirilgan bellashuvida «Guliston» klubi Toshkentda «Oq-tepa»ga qarshi bellashdi.
Unda Guliston 2:1 hisobidagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollar Azimjon Mamatqulov va Asilbek Umurzaqov hisobiga yozildi.
Shu tariqa, jamoa qatorasiga 8-o‘yinda ham g‘alaba qozonib, 24 ochko bilan «Markaz» mintaqasida karvonboshchilikni davom ettirmoqda.
Birinchi liga. 7-tur (qoldirilgan o‘yin)
Oq-tepa – Guliston 1:2
4-iyun. Toshkent. «Oq-tepa» o‘yingohi. 367 tomoshabin
Gollar: Azimjon Mamatqulov, 68 (0:1), Asilbek Umrzoqov, 84 (0:2), Ismadiyor Ummatov, 89 (1:2)
Bosh hakam: Alisher To‘xtasinov
Yordamchi hakamlar: Mahmudbek Rustamov, Ahrorjon Husanov
Zaxira hakami: Zufar Ergashev
Nazoratchi: Igor Xudaydatov
Komissar: Muhammadamin Zuhriddinov.
Oq-Tepa —16.Ruslan Navruzov, 4. Islombek Isroilov, 8.Farzulla Gʻulomov, 10. Diyor Murodov (97.Mirodil Usmonov, 46), 11.Ismadiyor Ummatov, 12. Adis Abdunabiyev, 13. Azizxon Baxtiyorov (77. Mehro‘zbek To‘xtasinboyev, 71), 17. Sadriddinbek Xayrulloyev (9.Fayzbek Achilov, 62), 20. Behruzbek Ahmedov (19. Kamoliddin Zayniddinov. 77), 23. Saidqodir Botirxo‘jayev (14. Hasan Abduqosimov, 71), 90. Raul Jeparov.
Guliston — 12.Sarvar Husanov, 3.Asliddin Smoilov, 5.Ozodbek Rajabov, 8.Bunyod Shodiyev (15.Behruz Abdullayev, 71), 9.Alisher Sobirjonov (22.Azimjon Mamatqulov, 57), 10.Shohnazar Norbekov (7.Muhammad Isayev, 79), 11.Azamat Abduhalilov, 17.Ixtiyor Toshpo‘latov, 19.Shahzodbek Gʻofurbekov, 21.Asilbek Umirzaqov, 23.Turdibek Omonov.
Zaxira: 16.Asadbek Ergashev, 4.Javohir Nazarqulov, 6.Zuhriddin Ibodullayev, 14.Isroil Malikov, 20.Otabek Kabulov, 24.Bobur Yorbekov.
Ogohlantirishlar: Farzulla Gʻulomov 19, Saidqodir Botirxo‘jayev 48, Ismadiyor Ummatov 90+3