«Guliston» «Toshkent VFA» darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi
Birinchi liga 8-turida «Guliston» futbol klubi o‘z maydonida «Toshkent VFA»ga qarshi bellashdi.
Bu bahsda murabbiylar shtabi tarkibda katta o‘zgarishlarga qo‘l urdi. Mavsum davomida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan bir nechta o‘yinchilarga imkoniyat berdi.
Natijada jamoa raqib darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi. Azimjon Mamatqulov dublga erishdi. Behruz Abdullayev, Javohir Nazarqulov va Shohjahon Yunusovlar ham bittadan golga mualliflik qildi. Sanjarbek Yorbekov esa zaxiradan maydonga tushishi bilan penaltini aniq amalga oshirib, jamoamizning yakuniy golini urdi.
Shu tariqa, jamoa ortda qolgan 7 ta bahsdan so‘ng 21 ochko bilan «Markaz» mintaqasida yaqqol peshqadamlik qilmoqda.
Birinchi liga. 8-tur
GULISTON — TOSHKENT VFA 6:0
Yangiyer. «Markaziy» o‘yingoh. 499 tomoshabin.
Gollar: Behruz Abdullayev, 14 (1:0), Azimjon Mamatqulov, 21 (2:0), Javohir Nazarqulov, 47 (3:0), Azimjon Mamatqulov, 52 pen (4:0), Shohjahon Yunusov, 53 (5:0), Sanjarbek Yorbekov, 57 pen (6:0)
Bosh hakam: Javohir Sadaqulov
Yordamchi hakamlar: Shaxriyor Maxmaraximov, Bobur Xurramov
Zaxira hakami: Sanjar Ahmadov
Nazoratchi: Artem Kalinin
Komissar: Feruz Gʻaniyev.
Guliston — 1.Azamat Ahmedov (16.Asadbek Ergashev, 67), 2.Xurshid Odiljonov, 4.Javohir Nazarqulov, 6.Zuhriddin Ibodullayev, 7.Muhammad Isayev, 14.Isroil Malikov (9.Alisher Sobirjonov, 79), 15.Behruz Abdullayev, 18.Otabek Ismatullayev, 20.Otabek Kabulov, 22.Azimjon Mamatqulov (13.Sanjarbek Yorbekov, 56), 25.Shohjahon Yunusov (24.Bobur Yorbekov, 56).
Zaxiradagilar: 3.Asliddin Smoilov, 5.Ozodbek Rajabov, 19.Shahzodbek Gʻofurbekov, 21.Asilbek Umurzaqov, 23.Turdibek Omonov.
Toshkent VFA — 61.Sardorbek Abduvaxitov (12. Sardor Abduqaxxarov, 61), 3.Shevket Bekirov (17.Avazbek Ro‘zmatov, 51), 7.Nurmuhammad Abduhalilov (27.Shohrux Nishonboyev, 61), 10.Nizom Ahmadov, 15.Diyorbek Rahimjonov, 19.Amirxon Turdiboyev (29.Husan Namozov, 51), 22.Fozilbek Nortojiyev, 30.Dehqonboy Ibrohimov (32.Hasan Namozov, 51), 45.Altinbek Turg‘unbekov, 47.Jamshidbek Rahimov, 66.Dilshod Sheraliyev.
Ogohlantirishlar: Xurshidbek Odiljonov 62 – Fozilbek Nortojiyev 55.