«Guliston» qisqa ta’tilga chiqdi
Shu orqali mavsuminng yakuniy qismiga puxta hozirlik ko‘riladi.
Фото: Гулистон ПФК
«Guliston» futbol klubi Birinchi liganing 9-turida mehmonda «Jizzax FA»ga qarshi o‘ynadi. Bu bahsdan so‘ng jamoamiz qisqa muddatli ta’tilga yo‘l oldi.
Jahon chempionati munosabati bilan Birinchi liga o‘yinlari ham to‘xtatiladi. Ikkinchi davrani jamoamiz «Sherdor»ga qarshi bahs bilan boshlaydi. Bu bahsga qadar «Guliston» tayyorgarlikni davom ettiradi, nazorat bellashuvlari o‘tkaziladi. Shu orqali mavsuminng yakuniy qismiga puxta hozirlik ko‘riladi.
«Tez orada yozgi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlardagi rejalar ma’lum bo‘ladi va buni rasmiy kanal orqali ma’lum qilamiz», - deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist