Guliston Proliga ishtirokchisi bilan durang qayd etdi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Guliston" futbol klubi nazorat bahsida "QMU Jayhun" bilan bellashdi.
Proliga ishtirokchisiga qarshi bahs 1:1 hisobida yakunlandi. Jamoamizning yagona goli Asilbek Umurzaqov hisobiga yozildi.
"QMU Jayhun"ga qarshi o‘yinda tashabbus va vaziyatlar soniga bo‘yicha ustunlikka erishdik. Ikki bo‘limda murabbiylar shtabi barcha yigitlarning imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib olishdi.
Nazorat o‘yini.
QMU Jayhun - Guliston 1:1
Gol: Asilbek Umurzaqov.
Guliston — Sarvar Husanov, Asliddin Smoilov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Isroil Malikov, Muhammad Isayev, Bunyod Shodiyev, Turdibek Omonov, Bobur Yorbekov, Shahzodbek Gʻofurbekov, Asilbek Umurzoqov, Azamat Abduhalilov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Azamat Ahmedov, Javohir Nazarqulov, Shohjahon Yunusov, Behruz Abdullayev, Shohjahon Umaraliyev, Azim Mamatqulov, Shohnazar Norbekov, Sanjar Yorbekov, Zuhriddin Ibodullayev, Otabek Kabulov, Otabek Ismatullayev.