locale OZ

«Guliston» Hokim kubogida ishtirok etadi

22-fevraldan Sirdaryo viloyati hokim kubogi turniriga start beriladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Guliston» Hokim kubogida ishtirok etadi
Фото: Гулистон ПФК

22-fevraldan Sirdaryo viloyati hokim kubogi turniriga start beriladi.

«Guliston» futbol klubi esa ham bu musobaqada qatnashishni rejalashtirgan. Jamoamiz «A» kvartetida ishtirokini davom ettiradi.

Bu guruhda «Nasaf FA», «Jizzax FA» va «Osiyo» jamoalari ham o‘rin olgan. «Guliston» ilk bahsini 22-fevral kuni «Jizzax FA»ga qarshi o‘tkazadi. Bahs soat 09:30 da Yangiyer shahar 58 sun’iy qoplamali maydonda start oladi.

«A» guruhi taqvimi bilan tanishing:

1-tur. 22-fevral (yakshanba)
09:30. «Guliston» – «Jizzax FA»

2-tur. 23-fevral (dushanba)
13:30. «Guliston» – «Osiyo»

3-tur. 24-fevral (seshanba)
13:30. «Nasaf FA» - «Guliston»

Ma’lumot uchun, hokim kubogi «A» va «B» guruhlarida o‘rin olgan 8 ta jamoa ishtirokida davom ettiriladi. O‘z guruhida 1 va 2-o‘rinni olganlar yarimfinalda qatnashadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting