«Guliston» futbol klubi 2026 yilda 1-ligada qatnashadi
«Guliston» futbol klubi 2026 yilda 1-ligada qatnashadi. Klub PFL ro‘yxatidan o‘tdi va liga tomonidan jamoaning qatnashuvchilar ro‘yxatiga qo‘shilgani tasdiqlandi.
Hozirda jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlikni rejadagidek davom ettirmoqda. O‘tgan haftada «So‘g‘diyona»ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Tayyorgarlik rejasidan yana bir nechta nazorat o‘yinlari o‘rin olgan. Bu haqda albatta rasmiy kanalda xabar beramiz.
Katta maqsad va vazifalar bilan yangi mavsumga puxta hozirlanayotgan jamoamiz 2027 yilda Proligada ishtirok etish uchun potensial nomzodlardan biri hisoblanadi. Professionallik sari harakat qilayotgan «Guliston» futbol klubi tarkibni kuchaytirish, mahalliy iqtidorli o‘yinchilarni jamoaga jalb qilish yo‘lida bosqichma-bosqich harakat qilyapti. Seleksiya ishlari davom etmoqda. Tez orada klub safiga qo‘shib olingan yangi o‘yinchilar haqida batafsil ma’lumotlar beramiz.
Ayni vaqtda Guliston shahridagi «Markaziy» o‘yingohda ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Shu bois jamoamiz yangi mavsumni Yangiyer shahridagi o‘tkazadi. Klub hozirda aynan shu yerda mashg‘ulotlarni kuniga ikki mahaldan olib bormoqda. Mavsum startiga qadar klub tarkibni sezirarli va sifatli o‘yinchilar hisobiga kuchaytiradi hamda o‘z maqsadlari sari dadil qadam tashlashga hozirlanmoqda.