locale OZ

Guliston Azurni yengib, O‘zbekiston kubogi guruh bosqichiga yo‘l oldi

O‘zbekiston kubogi saralash 3-bosqichida «Guliston» futbol klubi «Azur»ga qarshi o‘ynab, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Guliston Azurni yengib, O‘zbekiston kubogi guruh bosqichiga yo‘l oldi
photo: Guliston FK

O‘zbekiston kubogi saralash 3-bosqichida «Guliston» futbol klubi «Azur»ga qarshi o‘ynab, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Bahs davomida to‘liq ustunlik Guliston tomonida bo‘ldi. Ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Ammo yakuniy nuqtani qo‘yishda qiyinchilikka duch keldi. Raqib esa asosan o‘yinda vaqtni cho‘zish va penaltilar seriyasiga yetib olishga urindi. Biroq tajriba borasida sirdaryoliklar yaxshiroq ko'rinishdi. 84-daqiqada zaxiradan Shohjahon Yunusov maydonga tushirildi. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, aynan u burchak to‘pidan so‘ng kuchli zarbasi bilan gol urdi. Aynan uning yagona goli Gulistonni O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi tomon yetakladi.

Shunday qilib, qayta tashkil etilgan «Guliston» ilk urinishidayoq guruh bosqichiga yo‘llanma oldi.

O‘zbekiston kubogi saralash 3-bosqich
Azur – GULISTON 0:1
Gol: Shohjahon Yunusov 87
Bosh hakam: Ma’mur Ilhomov
Yordamchi hakamlar: Sardor Sodiqov, Abdurashid Erkinov
Zaxira hakami: Farrux Yansupov
Nazoratchi: Timur Galeyev
Komissar: Shoislom Xolmatov.
Guliston – Sarvar Husanov, Turdibek Omonov, Muhammad Isayev, Bunyod Shodiyev, Alisher Sobirjonov (Shohjahon Yunusov, 84), Shohnazar Norbekov, Azamat Abduhalilov (Isroil Malikov, 46), Ixtiyor Toshpo‘latov, Shahzodbek Gʻofurbekov, Turdibek Omonov, Bobur Yorbekov (Behruz Abdullayev, 67).
Ogohlantirishlar: Muhammad Isayev 85, Shohjahon Yunusov 88.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting