locale OZ

Güler Turkiya xalqidan uzr so‘radi

Turkiya JCH-2026da ikki o‘yinda ham mag‘lub bo‘lib, pley-offga chiqa olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Güler Turkiya xalqidan uzr so‘radi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
19.06.2026, Yak.
Turkiya
0
Paragvay
1

Turkiya terma jamoasi Paragvayga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchragach, Jahon chempionati D guruhidan chiqish imkoniyatini muddatidan oldin yo‘qotdi. O‘yin haqida jamoaning yosh yetakchisi Arda Güler quyidagilarni bildirgan:

“Aytadigan gap ko‘p emas! Biz juda afsusdamiz, uyatli holat. Barcha xalqimizdan uzr so‘raymiz! Keyingi turnirlarda qo‘limizdan kelganini qilamiz!”, – degan Güler.

Undan oldin Turkiya Avstraliya bilan o‘tkazgan birinchi o‘yinda ham 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Ular endi uchinchi turda mezbon AQShga qarshi bellashadi. Bu bahs rasmiyatchilik uchun o‘tkaziladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting