Guardiola yoshlarga ishonch bermoqda: Husonov asosiy tarkibga yaqin
Ayni paytda Pep Guardiolaning ixtiyorida yetti nafar markaziy himoyachi bor: Ruben Dias, Yoshko Gvardiol, Natan Ake, Jon Stounz, Manuel Akanji, Abduqodir Husonov va Vitor Reis. Biroq tarkibdagi vaziyat yaqin kelajakda sezilarli darajada o‘zgarishi kutilmoqda:
• Jon Stounz jamoani tark etishi mumkin;
• Akanjiga “Galatasaray” jiddiy qiziqish bildirayotgan;
• Vitor Reis ehtimoliy ravishda ijaraga jo‘natiladi.
Shunday sharoitda, yanvar oyida Fransiyaning “Lens” jamoasidan kelgan Abduqodir Husonov uchun asosiy tarkibga kirish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. O‘tgan mavsumda u o‘zini to‘liq ko‘rsata olmagan edi, ammo hozirgi o‘zgarishlar va jamoaning zich taqvimi uni himoyada muhim variantga aylantirmoqda.
Futbol tahlilchisi Adam Marrett shunday yozadi:
«Agar Akanji va Stounz ketsa, himoyada yangi kuch talab qilinadi. Husonovda o‘yin amaliyoti uchun yaxshi imkoniyat bor».
Uning “Lens”dan “Manchester City”ga o‘tishi dastlab kelajakka investitsiya sifatida baholangan edi. Biroq transfer bozoridagi so‘nggi voqealar natijasida uning APLdagi debyuti ancha yaqinlashdi. Guardiola esa har safar universallik va mehnatsevarlikni alohida ta’kidlab keladi — aynan shu xususiyatlari bilan Husonov ajralib turadi.