locale OZ

Grosso «Sassuolo»ni tark etdi

"Sassuolo" A Seriya turnir jadvalini 49 ochko bilan 11-o‘rinda yakunladi.
Grosso «Sassuolo»ni tark etdi
ФОТО: Getty images

"Sassuolo" bosh murabbiyi Fabio Grosso o‘z lavozimini tark etdi.

Tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi.

Avvalroq 48 yoshli mutaxassis "Fiorentina"ni boshqarishga yaqin ekani xabar qilingandi.

Grosso "Sassuolo"ga 2024-yilda kelib qo‘shilgandi. Uning qo‘l ostida "neroverdilar" 2023/24-yilgi mavsumda elita divizionidan tushib ketganidan so‘ng A Seriyaga qaytdi.

"Sassuolo" A Seriya turnir jadvalini 49 ochko bilan 11-o‘rinda yakunladi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting