locale OZ

Grilish jarohat sabab uzoq muddatga safdan chiqdi

Angliyalik hujumchi uch oy maydonga tusha olmaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Grilish jarohat sabab uzoq muddatga safdan chiqdi
FOTO: Getty Images

Insayder Fabrisio Romano «Everton» klubi vingeri Jek Grilishning jarohati xususida ma’lumot berib, futbolchining tiklanish muddatini e’lon qildi.

«Jek Grilish oyog‘ida stress singan suyak tufayli uch oy maydondan tashqarida bo‘ladi. Bugungi tibbiy tekshiruvlar og‘ir jarohatni tasdiqladi, shuning uchun «Everton» yulduzi uchun tiklanish muddati 12 hafta bo‘ladi. Bu klub uchun jiddiy zarba», — deydi Romano.

Jek Grilish «Everton» safida «Manchester Siti»dan bir yillik ijarada o‘ynamoqda. Uning ijara shartnomasi joriy yil yozida yakunlanadi. 2025/2026 mavsumida ingliz futbolchisi Liverpul klubida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting