Griezmann futbol tarixidagi eng yaxshi 5 o'yinchini sanadi
Futbolchi birinchi o‘ringa yurtdoshini qo‘ydi.
ФОТО: Getty images
“Atletiko” hujumchisi Antuan Griezmann Zinedin Zidanni tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblaydi.
Fransiyalik 34 yoshli futbolchi strimer Ibai Llanos bilan suhbatda bu fikrni ta’kidladi.
Zidandan so‘ng 2-o‘ringa Lionel Messini qo‘ydi. Kuchli beshlikdan Diego Maradona, Yohan Kroyff va Devid Bekhem ham joy oldi.
Ma’lumot uchun, Griezmann faoliyati davomida Madrid klubidan tashqari “Real Sosedad” va “Barselona”da ham harakat qilgan. Joriy mavsumda u La Ligada 8 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist