Grem Potter Shvetsiya bilan prinsipial kelishuvga erishdi
50 yoshli mutaxassis tez orada faoliyatini qayta tiklashi mumkin.
FOTO: Getty Images
Londonning «Chelsi» klubi sobiq bosh murabbiyi Grem Potter yaqin vaqt ichida Shvetsiya milliy jamoasida ish boshlashi kutilmoqda.
Expressen nashrining xabariga koʻra, 50 yoshli mutaxassis Shvetsiya futbol federatsiyasi bilan shaxsiy shartnoma shartlari boʻyicha kelishuvga erishgan.
Eslatib oʻtamiz, Grem Potter avval ham Shvetsiyada faoliyat yuritgan. U 2011—2018 yillar oraligʻida «Estersund» klubini boshqargan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist