locale OZ

Grealish Napoli bilan shartnoma imzolash uchun Italiyaga uchib keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Grealish Napoli bilan shartnoma imzolash uchun Italiyaga uchib keldi
Photo: Getty Images

"Manchester City" yarim himoyachisi Jack Grealish Neapolga uchib keldi. Bu haqda jurnalist Gianluca Di Marzio xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 29 yoshli futbolchi "Napoli" klubi bilan shartnoma imzolash masalasini muhokama qilmoqchi.

Qayd etilishicha, futbolchi avvalroq "shaharliklar" safidan Italiya jamoasiga o'tgan sobiq jamoadoshi Kevin De Bruyne bilan birga o'ynashni istamoqda.

O'tgan mavsumda Grealish Angliya Premer-ligasida 20 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting