Gravenberx “Liverpul”da qolishga qaror qildi
Photo: Getty Images
"Liverpul" yarim himoyachisi Rayyan Gravenberx kelasi mavsumda "qizillar" safida o'ynashda davom etadi.
Talk Sport xabariga ko'ra, oxirgi vaqtlarda niderlandiyalik xavbek uchun "Real"dan qiziqish bo'lgandi, biroq futbolchining o'zi ingliz klubida qoladi. Gravenberx 2023 yilning kuzida "Bavariya"dan "Liverpul"ga o'tgan.
Shu vaqt ichida u "qizillar" safida 82 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist