locale OZ

Granit Jaka Shveysariya terma jamoasidan chetlatildi

Ushbu qaror futbolchi va Shveysariya futbol assotsiatsiyasi rahbariyati o‘rtasidagi suhbatdan keyin birgalikda qabul qilingan.
Granit Jaka Shveysariya terma jamoasidan chetlatildi
Foto: Getty Images

Shveysariya terma jamoasi sardori Granit Jaka COVID-19 vaksinatsiyasiga oid soxta hujjat bilan bog‘liq mojarodan so‘ng milliy jamoaning yaqinlashib kelayotgan yig‘inida ishtirok etmaydi. Ushbu qaror futbolchi va Shveysariya futbol assotsiatsiyasi rahbariyati o‘rtasidagi suhbatdan keyin birgalikda qabul qilingan. Bu haqda Shveysariya futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Assotsiatsiya prezidenti Peter Knyabelning aytishicha, Jaka federatsiyani vaziyat haqida oldindan xabardor qilgan va jamoatchilik oldida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorligini bildirgan. Federatsiya esa vaziyatni tinchlantirish va jamoaning e’tiborini UEFA Millatlar ligasidagi uchrashuvlarga qaratish uchun yig‘inni futbolchisiz o‘tkazishga qaror qilgan.

Avvalroq Jaka 2022-yilda COVID-19 vaksinatsiyasini tasdiqlovchi qalbaki hujjat sotib olganini tan olib, bu qarorini xato deb atagan edi. Lyutsern kantoni prokuraturasi mazkur holat yuzasidan tergov olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Shveysariya terma jamoasi yaqin xalqaro tanaffusda UEFA Millatlar ligasi doirasida navbatdagi uchrashuvlarini o‘tkazadi. Federatsiya Jakaga oid vaziyat xalqaro oynadan keyin qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting