Granit Jaka: \"Messi va Ronaldu davrida o‘ynash ulkan sharaf\"
Shveysariya terma jamoasi sardori Messi va Ronaldu dvrida o'ynash haqida gapirdi.
Foto: Getty Images
Shveysariya terma jamoasi sardori Granit Jaka Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan bir davrda futbol o‘ynayotganini faoliyatidagi eng katta omadlardan biri sifatida baholadi.
"Messi va Ronaldu davrida futbol o‘ynash — ulkan sharaf. Men ularning ikkisiga ham qarshi maydonga tushganman va bu mening faoliyatimdagi eng unutilmas lahzalardan biri bo‘lib qoladi", — dedi Jaka.
Shveysariyalik yarim himoyachining ta'kidlashicha, ushbu ikki futbolchi butun bir avlod uchun ilhom manbai bo‘lib, ularning futboldagi merosi uzoq yillar davomida esda qoladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist