GOAL talqiniga ko‘ra, “Oltin to‘p” uchun asosiy da'vogarlar e'lon qilindi
Yakuniy “Oltin to‘p” sohibi esa France Football tomonidan yil yakunidagi ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Foto: Getty Images
Nufuzli GOAL nashri 2026-yilgi “Oltin to‘p” mukofoti uchun yangilangan da'vogarlar reytingini e'lon qildi.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Harri Keyn egallab turibdi. Ikkinchi pog‘onadan Lionel Messi, uchinchi o‘rindan esa Lamin Yamal joy olgan.
GOAL talqiniga ko‘ra Top-10:
- Harri Keyn
- Lionel Messi
- Lamin Yamal
- Usmon Dembele
- Deklan Rays
- Erling Holand
- Xvicha Kvaratsxeliya
- Luis Dias
- Mikel Oyarsabal
- Jud Bellinghem
Ta'kidlash joiz, ushbu reyting rasmiy ovoz berish natijasi emas. GOAL ekspertlari futbolchilarning 2025/26-yilgi mavsum va JCh-2026'dagi o‘yinlarini inobatga olgan holda tuzilgan taxminiy kuchlar nisbatini e'lon qilgan. Yakuniy “Oltin to‘p” sohibi esa France Football tomonidan yil yakunidagi ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist