Gnabri kelajagi borasida bir qarorga kelgan
Uning nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.
ФОТО: Getty images
"Bavariya" vingeri Serj Gnabri jamoada qolmoqchi, deya xabar beradi jurnalist Kristian Falk.
Manbaga ko'ra, 30 yoshli futbolchi "Bavariya"da qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor.
Futbolchi jamoada o'zini yaxshi his qilmoqda. Klub shartnomani uzaytirish bo'yicha unga murojaat qiladigan bo'lsa, Serj bunga tayyor ekanini ma'lum qilgan.
Gnabri 2017 yildan beri "Bavariya"da o'ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda o'nta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning nemis grandi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist