locale OZ

Globe Soccer Awards: 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga yakuniy daʼvogarlar e'lon qilindi

Taqdirlash marosimi 28 dekabr kuni Dubayda boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Globe Soccer Awards: 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga yakuniy daʼvogarlar e'lon qilindi
FOTO: Getty Images

2025 yilning eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasi bo‘yicha Globe Soccer Awards mukofoti uchun finalchilar e’lon qilindi. Bu haqda Globe Soccer Awards tashkiloti X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

2025 yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga nomzodlar:

Usmon Dembele («PSJ»)

Kilian Mbappe («Real»)

Rafinya («Barselona»)

Vitinya («PSJ»)

Lamin Yamal («Barselona»)

Globe Soccer Awards — yil yakunlariga ko‘ra futbol olamida eng katta yutuqlarga erishgan shaxslarni taqdirlashga bag‘ishlangan har yili o‘tkaziladigan nufuzli marosimdir. Turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar ovoz berish orqali aniqlanadi.

Mukofotlash marosimi 28 dekabr kuni Dubay shahrida (BAA) bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting