Globe Soccer Awards — 2025 yilning eng yaxshi hujumchisi nomiga nomzodlar e'lon qilindi
Gʻolib nomi 28 dekabr kuni aniqlanadi.
FOTO: Getty Images
2025 yilning eng yaxshi hujumchisi mukofotiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Globe Soccer Awards tashkiloti X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
2025 yilning eng yaxshi hujumchisi nominatsiyasiga nomzodlar:
Usmon Dembele («Pari Sen-Jermen»)
Xvicha Kvaratsxeliya («Pari Sen-Jermen»)
Kilian Mbappe («Real» Madrid)
Rafinya («Barselona»)
Lamin Yamal («Barselona»)
Globe Soccer Awards — yil yakunlariga ko‘ra futbol olamida eng katta yutuqlarga erishgan shaxslar aniqlanadigan har yili o‘tkaziladigan mukofotlash marosimi hisoblanadi. G‘oliblar turli nominatsiyalar bo‘yicha ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.
Taqdirlash marosimi 28 dekabr kuni BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist