locale OZ

Glasner «Milan»ni boshqarishi mumkin

Bu haqda Nikolo Skira xabar bermoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Glaсner «Milan»ni boshqarishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Kristal Pelas"ni tark etgan murabbiy Oliver Glasner "Milan"da bosh murabbiylikka nomzod bo‘ldi.

"Rossonerilar" Massimiliano Allegri bilan xayrlashgach, yangi murabbiy izlamoqda. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, Italiya klubi Glasnerni tayinlash haqida o‘ylamoqda. Avstriyalik mutaxassisga Leverkuzenning "Bayer" klubi ham da’vogarlik qilmoqda.

Avvalroq "Milan"ga Andoni Iraola, Maurisio Pochetino va Xavi Ernandeslarga qiziqish bildirilgan edi. Jamoa A Seriya turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab, Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Glasner "Kristal Pelas"ni "burgutlar" boshqaruvidagi so‘nggi o‘yinida Konferensiyalar ligasida g‘alabaga olib keldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting