Glasner: «Bu so’nggi o’yin bo’lganiga haligacha ishonolmayapman»
«Kristal Pelas» o‘z tarixida ilk bor Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqdi.
ФОТО: Getty images
«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasner jamoadagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
«Bu so‘nggi o‘yin bo‘lganiga haligacha ishonolmayapman. Lekin ha, men bu qarorni qabul qildim va o‘ylaymanki, bu «Kristal Pelas» tarixidagi bir bob, yaxshi bir bob, lekin undan keyin boshqalari ham bo‘ladi», — deya avstriyalik murabbiyning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
«Kristal Pelas» o‘z tarixida ilk bor Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqdi.
Bu londonliklar uchun klub tarixidagi uchinchi sovrin. Ularning barchasi 2025-yildan 2026-yilgacha bo‘lgan davrda, jamoani Oliver Glasner boshqargan vaqtda qo‘lga kiritilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist